Olimlar veyp ko‘krak saratoni xavfini oshirishini aniqlashdi
Amerikada Yel, Jons Xopkins va Prinston universitetlari olimlari elektron sigareta bug‘i ko‘krak va tananing boshqa a’zolarida o‘sma rivojlanishiga yordam beradigan muhitni hosil qiladi degan xulosaga kelishdi, deb yozadi «Daily Mail».
Mutaxassislar urg‘ochi sichqonlarda tajriba o‘tkazishdi — jonivorlarning bir guruhi toza havodan nafas olishdi, ikkinchi guruhi esa elektron sigareta bug‘idan hidlashga majbur bo‘lishdi. Ikki haftadan so‘ng kemiruvchilarning tanasiga ko‘krak saratoni hujayralarini ukol orqali yuborishdi.
Natijada bug‘ ta’sirida bo‘lgan sichqonlarda olti hafta ichida o‘sma qariyb ikki baravar tezroq o‘sgani aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter