Olimlar och qoringa ichilgan qahvaning zararini aniqlashdi
Nahorga, ya’ni och qoringa ichilgan qahva salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi — u qonda qand miqdorini ko‘paytiradi, dedi Britaniyaning Bat universiteti olimlari. Bu haqda «British Journal of Nutrition»da keltirilgan tadqiqot natijalariga tayanib Federal yangiliklar agentligi xabar berdi.
Tajribada ko‘ngillilarning ikkita guruhi ishtirok etdi. Biri uyg‘ongan zahoti, ikkinchisi esa yotoqdan turgandan so‘ng kamida yarim soat o‘tgach qahva ichishgan. Bunda ichimlik kaloriyasi oddiy nonushtaga to‘g‘ri kelgan. Shundan so‘ng mutaxassislar ko‘ngillilarning tibbiy ko‘rsatkichlarini o‘rganishgan. Buni qarangki, uyg‘ongan zahoti va nahorga qahva ichgan odamlarning qonida qand miqdori 50%ga oshgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday o‘zgarishlar kelgusida ikkinchi tipdagi diabetni keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlar qahvani to‘yib nonushta qilgandan so‘ng ichishni maslahat berishadi. Tabiiy qahva donlarini tanlash lozim. Shunda ham qahvani me’yorda iste’mol qilish kerak — kuniga to‘rt piyola kifoya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter