Nima uchun yostiqqa yuztuban yotib uxlash mumkin emas?
Hamma odamlar har xil uxlaydi. Bu ularning o‘rganib qolgan odatlari bilan bog‘liq. Kimdir bolalikdan ikkala qo‘lini boshining orqasiga qo‘yib yotishga odatlangan bo‘lsa, yana kimdir shunchaki karavotga uzala tushib, uxlab qoladi.
«Rambler» yostiqqa yuztuban yotib uxlash odati va uning qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
Gap shundaki, uyqu vaqtida boshning noto‘g‘ri holati yuzimizga ta’sir ko‘rsatadi. Yuzga yostiqning zich tegib turishi shish va xaltachalarga sabab bo‘ladi. Yostiqqa yuztuban yotib uxlaganda teri burishib qoladi va ajin paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mutaxassislar belda yotib uxlashni maslahat berishadi. Ertaroq uxlab qolish uchun esa o‘rtacha qattiqlikdagi yostiqni tanlash tavsiya etiladi. Bu yuz sohasida to‘g‘ri qon aylanishi va limfa oqimini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter