Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega uxlashdan oldin smartfondan foydalanmaslik kerak?

Nega uxlashdan oldin smartfondan foydalanmaslik kerak?

Foto: «Zen.yandex.uz»

Qorong‘uda gadjetlarning yorqin ekrani bosh miyaga ta’sir ko‘rsatishi, uning faoliyatini qo‘zg‘atishi, keyin esa bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin, deyishmoqda mutaxassislar. Bu haqda «Praym» agentligi xabar bergan.

Ekspertlar yaxshi uxlash uchun tunda gadjetlardan foydalanmaslikni tavsiya etishadi. Hatto, ekrandan taralayotgan yorqin nurni ko‘rmasangiz ham, bosh miya baribir ta’sirlanadi.

Mutaxassislar uyquga yotishdan oldin smartfonlardan foydalanmasdan turolmaydiganlarga gadjetlarni hech bo‘lmaganda tungi tartibga o‘tkazishni maslahat berishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rish qobiliyatini hamda miyaga zarar yetishidan saqlashga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring