Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi?
Yoz oqshomlari xona haddan tashqari issiq va dim bo‘lganida ko‘pchilik uxlashga qiynaladi. Uyda konditsioner bo‘lmasa, ventilyator joningizga oro kiradi. Tunda xona harorati pasaymasa, uyqu buzilishi turgan gap. O‘shanda darrov ventilyatorni yoqamiz, garchi u xona havosini sovitmasa-da, tanaga yoqimli shabada yuborib turadi. Shunga qaramay, bu matohdan kechasi foydalanmagan ma’qul. Nima uchun? Buning sababini «Freundin» sayti shunday tushuntirdi.
Ventilyator allergiklarga to‘g‘ri kelmaydi
Gap shundaki, ventilyator nafaqat xonadagi havoni, balki unda uchib yurgan chang va zarralarni ham haydaydi. Allergik rinit yoki nafas yo‘llari muammosidan qiynalayotgan odamlar uchun bu nihoyatda xatarli. Ozgina shamol tanangizga siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazishi mumkin.
Voy, boshimlab qolmang!
Bilasizmi, hatto sog‘lom odam ventilyator yoqilgan xonada uxlab qolsa ham, turli noxush oqibatlar kuzatilishi mumkin ekan. Birinchidan, bir necha soat davomida tinimsiz shamollatish terini quritadi. Natijada u po‘st tashlay boshlaydi.
Ikkinchidan, uxlaganda og‘iz va ko‘zlar to‘liq yopilmasa, ertasiga tongda achishish bezovta qiladi.
Uchinchidan, uyg‘onganda boshingiz og‘risa yoki mushaklaringiz uvushib qolsa, hamma aybni ventilyatordan ko‘ravering.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter