Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis erkaklar salomatligi uchun foydali mahsulotlarni ma’lum qildi

Mutaxassis erkaklar salomatligi uchun foydali mahsulotlarni ma’lum qildi

Foto: «Liveinternet.ru»

Rossiyalik shifokor-diyetolog Yelena Solomatina erkak organizmida testosteron tanqisligini bartaraf etuvchi mahsulotlar nomini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini «Vechernyaya Moskva» keltirgan.

Solomatinaning aytishicha, tez hazm bo‘ladigan oqsilga boy mahsulotlar — tovuq go‘shti, yog‘siz tvorog, mol go‘shti hamda tuxum sarig‘i jinsiy quvvatni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, buzoq go‘shti tarkibida oqsildan tashqari, erkaklar salomatligini mustahkamlovchi V12 vitamini bor.

Testosteron miqdorini ko‘paytirish uchun diyetolog dengiz mahsulotlari, jumladan, qisqichbaqa va mollyuskalarni yeyishni maslahat beradi. Ushbu mahsulotlar tarkibidagi rux xohish va his-tuyg‘uni kuchaytiradi. Ekspertning aniqlik kiritishicha, qovoq urug‘ini iste’mol qilish orqali ham kerakli miqdorda ruxni olsa bo‘ladi.

Jinsiy quvvatga, shuningdek, omega-3 yog‘ kislotalari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning tarkibida ko‘p miqdorda oqsil, fosfor va ruxdan tashqari xolesterol ham mavjud. Aynan undan organizm jinsiy gormonlar hosil qilishda foydalanadi.

Yigitlarga taomnomaga yog‘li mahsulotlarni qo‘shish tavsiya etiladi. 35 yoshdan oshgan erkaklarga esa o‘simlik oqsili, masalan, no‘xat va loviya yeyish foydali. Solomatina erkaklarni glikemiya indeksi yuqori bo‘lgan pivo yoki soyani haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslikka chaqiradi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlar semizlikka olib keladi va testosteron darajasini kamaytiradi.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, sut mahsulotlari, shirinliklar, pishiriqlar, limonad va gazlangan ichimliklar testosteron kamayishiga sabab bo‘ladi. Solomatinaning ta’kidlashicha, erkaklar umumiy salomatligi va jinsiy quvvat uchun ovqatlanishiga e’tibor berishi, stressdan saqlanishi va sport bilan shug‘ullanishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring