Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning oddiy shamollashdan farqi nimada?

Koronavirusning oddiy shamollashdan farqi nimada?

Foto: «7ya.ru»

Covid-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi e’lon qilinishi jiddiy masala. Quyidagi ma’lumotlar dahshatli kasallikni o‘tkir respirator infeksiyalari bilan adashtirib qo‘ymaslikka yordam beradi. Aynan ular, birinchi navbatda, profilaktika haqida o‘ylashi zarur, deb yozadi «RIA Novosti».

Yo‘tal va isitma

Covid-19 koronavirus infeksiyasi alomatlari virusni yuqtirgandan so‘ng 2 – 14 kun o‘tib namoyon bo‘ladi. Unga quruq yo‘tal va yuqori tana harorati xos.

Shamollaganda yoki bronxitda yo‘tal odatda nam bo‘ladi. Grippda isitma yo past bo‘ladi, yo umuman bo‘lmaydi (kamdan-kam hollarda tana harorati 39 darajagacha ko‘tarilishi mumkin).

Nafas olish qiyinlashishi

Asosiy ajralib turuvchi belgisi. Chunki Covid-19 ning asosiy sababchisi — virusli pnevmoniya. Hatto unchalik kuchli namoyon bo‘lmaganda ham, atrofdagilar, ayniqsa, keksa yoshdagi insonlar uchun xavf tug‘diradi.

Xavf guruhi

Bolalar va o‘smirlarda koronavirus infeksiyasi kam kuzatiladi.

Og‘ir ko‘rinishlari ko‘pincha 40 yoshdan oshgan kishilar, surunkali o‘pka, yurak-qon tomir tizimi yoki diabetdan qiynalayotgan bemorlarda uchraydi.

Diqqat!

Koronavirus aniqlangan mamlakatlardan qaytib kelgan odamlar har qanday noxushlikdan hushyor tortishi zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring