Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan saqlanish uchun nima qilish lozim? Vazirlik javob berdi

Koronavirusdan saqlanish uchun nima qilish lozim? Vazirlik javob berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni koronavirusdan saqlanishga chaqirdi. Xususan, vazirlik tomonidan bolalar bog‘chasi ma’muriyati uchun eslatma chop etilgan.

— Spirtli vositalar yordamida bolalar qo‘lini dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni majburiy tartibda yarating.

— Bolalarga qo‘llarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qo‘llarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda artish zarurligi haqida eslatib turing.

— Bolalarga yuzlarini ko‘p qo‘l bilan ushlamaslikni tavsiya eting.

— Bolalar yo‘talganida, burun qoqqanida va aksirganida og‘iz bilan burunga dastro‘mol yoki salfetkani tuting. Undan keyin dastro‘mol yoki salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lni yuving.

— Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni ayting (yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasigacha turish).

— Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiling.

— Bog‘cha bolalaridan birontasi kasallansa, darhol uni izolyasiya qiling, kasallanish haqida ota-onasiga xabar bering va tez tibbiy yordam chaqiring.

— Bollarga doim og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqoblaridan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya eting.

Ovqat tayyorlayotganda bog‘chaning tegishli xodimlari quyidagi ehtiyot choralariga amal qilishi shart:

— Xom go‘sht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;

— Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni astoydil yuving;

— Go‘sht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, ya’ni puxta pishirilgan bo‘lishi kerak;

— Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida o‘lgan hayvon go‘shtini aslo ovqatga ishlatmang;

— Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini iste’mol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun xom go‘sht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.

Infeksiyadan himoya vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni taqib yurish shartmi?

— Ha. Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yo‘tal, nafas olishda qiynalish.

— Ha. Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan bo‘lsangiz.

— Ha. Sog‘liqni saqlash tizimi xodimi bo‘lib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib ko‘rsangiz.

— Yo‘q. Respirator infeksiya alomatlariga ega bo‘lmagan barcha holatlarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring