Koronavirusdan asrovchi niqobning zo‘ri qaysi?
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari COVID-19ga qarshi eng samarali himoyalovchi niqobni ma’lum qilishdi. Bu haqda «ScienceDaily» xabar berdi.
Tadqiqotchilar uch turdagi niqoblarni taqqoslab ko‘rishgan: qo‘lbola bir qavatli va ikki qavatli matodan tikilgan niqoblar hamda uch qavatli xirurgik niqoblar.
Mutaxassislar tajriba o‘tkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan diod nurlari hamda gaplashganda, yo‘talganda va aksirganda har bir niqobdan tarqaluvchi mikroskopik tomchilarni tasvirga olish uchun o‘ta zamonaviy kameradan foydalanishgan.
Videoyozuvlar garchi bir qavatli niqob ham tarqalayotgan tomchilar miqdorini kamaytirayotganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yuz uchun mo‘ljallangan uch qavatli xirurgik niqob eng samarali ekanligini aniqladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, ishlatilgan material, dizayn, yuzga yopishib turishi, tozalash chastotasi ham niqoblarning himoya xususiyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Tadqiqotlarning fikriga ko‘ra, niqoblarni uyda qo‘lbola yasaganda kamida ikki qavat matodan tayyorlash kerak.
Avvalroq, 25-iyul kuni Lissabondagi Molekulyar tibbiyot instituti mutaxassislari SARS-CoV-2 koronavirusini neytrallashtiruvchi birinchi himoyalovchi niqobni yaratishgani haqida xabar bergandik. Niqob suv o‘tkazmaydigan bir necha qavat maxsus materialdan tayyorlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter