Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiqda salqinlanaman deb shamollab qolmang!

Issiqda salqinlanaman deb shamollab qolmang!

Foto: «Travelandleisure.com»

Jaziramada hammaning ko‘ngli yaxna narsalarni tusab qoladi: muzdek gazli suv, muzqaymoq, xonada yoki mashinada konditsionerni yoqish.

Biroq maslahatimiz, bunday qilmang!

Axir shamollab qolishingiz mumkin. Siz, yaxshisi, yaxna ichimliklarni oz-ozdan qultumlab iching, yutishdan oldin og‘izda bir necha soniya saqlang. Chunki og‘iz shilliq qavatini keskin sovitish uning immunitetini pasaytiradi.

Konditsionerga kelsak, xonadagi havo harorati 3-4 daraja pastroq (ko‘chadagiga nisbatan) bo‘lsa kifoya. Agar xona yoki salonda jazirama va dimlikdan nafas olib bo‘lmay qolsa, dastlab tez sovitish tizimiga o‘tib, keyin albatta tavsiya etilgan haroratga o‘ting.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring