Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Glyuten nima va u tanaga zararlimi?

Glyuten nima va u tanaga zararlimi?

Glyuten (kleykovina)donli ekinlar va undan tayyorlangan mahsulotlar: non, makaron, pishiriqlar, bo‘tqa va boshqalarda uchraydigan oqsildir. Bundan tashqari uni ziravorlar, tayyor souslar, yogurtlar va hatto lab bo‘yog‘ida ham topish mumkin. 

Glyuten yelimga o‘xshaydi, shuning uchun u oziq-ovqat mahsulotlariga ularning tuzilishi va ko‘rinishini yaxshilash uchun qo‘shiladi. Shu xususiyati tufayli u kleykovina deb ham ataladi.

Glyuten bo‘lmasa, ko‘plab mahsulotlarning saqlash muddati sezilarli darajada qisqaradi, bulochkalar g‘ovakli va yumshoq bo‘lmaydi va barcha pishirilgan mahsulotlar uvalanib ketadi. Biroq, barcha afzalliklariga qaramay, glyuten oshqozon tarkibini "yopishtirishi" mumkin, bu uning ishlashini qiyinlashtiradi va og‘ir oziq-ovqat allergiyasini keltirib chiqaradi.

Rasmiy tadqiqotlar hali glyuten allergiyasi bo‘lmagan odamlar uchun zararli ekanligini tasdiqlamadi. Glyuten faqat seliakiya kasalligidan( glyuten hazm qila olmaydi) aziyat chekadiganlar uchun xavflidir.

Ba’zi shifokorlarning ta’kidlashicha, inson tanasi donni hazm qilishga yaxshi moslashmagan va biz iste’mol qiladigan bug‘doy avvalgisidan juda farq qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring