Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol tomosha qilishning ayanchli oqibati

Futbol tomosha qilishning ayanchli oqibati

Foto: «Yandex.ru»

Ispaniyalik kardiolog Xuan Enrike Puchening izohlashicha, futbol tomosha qilayotganda jamoa muxlislarida yuzaga keladigan salbiy his-tuyg‘ular yurak xurujiga olib kelishi mumkin.

Puchening so‘zlariga ko‘ra, muxlislar profilaktika choralarini ko‘rishlari va hissiyotlarni nazorat qilishlari kerak.

«Jamoangiz mag‘lub bo‘lsa, jahl qilib infarktni chaqirib olmaslik kerak. Hayot ushbu 90 daqiqalik o‘yindan ko‘ra muhimroqdir», — deya shifokorning so‘zlarini keltirgan «La Vanguardia» nashri.

Ispaniya kardiologiya hamjamiyatining fikricha, o‘yinni tomosha qilishdan oldin hissiyotlarga berilib ketmaslik uchun o‘zingizni psixologik jihatdan tayyorlab olishingiz lozim. Masalan, mashqlarni bajarish mumkin. Ichish va chekishni tashlash kerak.

Futbol paytida ovqatlanmagan ma’qul, chunki bu yurakka qo‘shimcha yuk bo‘ladi. Agar o‘yinni tomosha qilayotganda his-tuyg‘ular to‘lib keta boshlasa, bir-ikki daqiqaga chalg‘ish kerak, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring