Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! COVID-19ning 7 alomatini o‘tkazib yubormang!

Diqqat! COVID-19ning 7 alomatini o‘tkazib yubormang!

Foto: «Vseglisty.ru»

London qirollik kolleji olimlari tezda chora ko‘rish talab etiladigan koronavirusning yetti alomatini sanab o‘tishdi. Bu haqda «Daily Express» nashri xabar berdi.

Har beshinchi bemorda kuzatilmaydigan COVID-19ning uchta «klassik» alomati — isitma, yo‘tal, ta’m va hid bilish qobiliyatining yo‘qolishidan tashqari olimlar COVID Symptom Study dasturi orqali olingan ma’lumotlarga tayanib kasallikning 20 dan ortiq belgilarini aniqladilar.

Mutaxassislar quyidagi yetti alomatga e’tibor berish zarurligini ta’kidlashmoqda: bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik, ishtahasizlik, mushak og‘rig‘i, ich ketishi, fikr chalkashligi va teri toshmalari.

«Mabodo sizda COVID-19ning birorta alomati qayd etilsa, tavakkal qilmasdan, oilaning boshqa a’zolaridan uzoqlashib, iloji boricha tezroq test topshiring», — deyiladi nashrda.

Shifokorlar o‘z-o‘zini sinab ko‘rishni tavsiya etishdi: buning uchun har kuni ertalab sovun yoki qahva kabi o‘tkir hidli buyumlarni hidlab ko‘rish mumkin.

«Ta’m va hid yo‘qolishi ham kasallikni erta bosqichda aniqlashga yordam beradigan COVID-19ning asosiy dastlabki belgilaridan biri sanaladi», — deya tushuntirishdi mutaxassislar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring