Butun kuningiz unumi qilgan nonushtangizga bog‘liq
Shifokor nima uchun muntazam ravishda nonushta qilish kerakligini tushuntirdi.
Shifokor Irina Pisareva nonushtaning salomatlik uchun ahamiyatini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, nonushta butun kunning sifati va unumdorligini belgilaydi.
Mutaxassis uyg‘ongandan keyin yarim soat o‘tib nonushta qilishni va undan oldin yuzni yuvib, iliq suv ichishni maslahat berdi. Nonushta shakar va xolesterin miqdorini me’yorda ushlab turishga yordam beradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.
Pisarevaning so‘zlariga ko‘ra, murakkab uglevodlar, oqsillar va yog‘larga boy ovqatlar bilan nonushta qilish kerak. Uglevodli ovqatlarga grechka, jo‘xori uni va non kiradi. Yog‘lar – zaytun, kanop, xantal yog‘i va avakado. Oqsillarga – yogurt, tuxum, tvorog kiradi.
«Birinchi ovqat qondagi qand va xolesterin miqdorini me’yorda ushlab turadi, shuningdek, tez-tez kasal bo‘lib qolgan odamlarning immunitetini yaxshilaydi. Qolaversa, organizmda faqat ertalab ishlab chiqariladigan fermentlar mavjud», – deydi diyetolog.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter