Bu juda oson! Windows tizimida ekranni qaynoq tugmalar yordamida ikkiga ajratamiz
Kompyuterdan foydalanuvchilarga tanish bir muammo bor: ba’zida bitta ekranning o‘zi kamlik qiladi: ikki va undan ortiq sonli qo‘shimcha oynalar ochib ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir oyna o‘lchamini qo‘lda sozlab chiqish, sichqoncha yordamida bir-biriga moslashtirish... Yoqimsiz jarayon. Bundan qutulishning juda oson yo‘li bor.
Windows operatsion tizimida ochilgan oynani ekranning kerakli qismida joylashtirib beruvchi Snap funksiyasi bor. U oynaning eni va bo‘yini avtomatik ravishda to‘g‘rilab beradi. Keling, buni parallel ishlab turgan va siz bir paytda ko‘rishni xohlagan brauzer va Word hujjati misolida ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, brauzer oynasiga o‘tib, quyidagi qaynoq klavishlarni bosasiz: Win + ← (chapga yo‘naltirilgan strelka). Windows avtomatik ravishda brauzer oynasi enini qoq yarmiga o‘zgartirib, uni ekranning chap qismiga suradi.
Ikkinchidan, o‘zingizga kerakli yana bir oynani tanlaysiz (bizning holatda bu Word hujjati) va Win + → (o‘ngga yo‘naltirilgan strelka)ni bir paytda bosasiz. Shundan so‘ng yuqoridagi kabi o‘zgarishga uchragan Word hujjati brauzerning o‘ng tomonidan o‘rin oladi.
Oynalar kengligini esa xuddi planshetlardagi singari, umumiy chegarani harakatlantirish orqali keraklicha ko‘rinishga keltirish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter