Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 ta eng foydali quruq meva

4 ta eng foydali quruq meva

Foto: «Poleznii-site.ru»

Mayiz, bargak, xurmo, olxo‘ri eng keng tarqalgan va eng foydali quritilgan mevalar sifatida tan olingan. Bu haqda diyetolog Lyudmila Mikityukning so‘zlariga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Ushbu to‘rtta quritilgan meva tarkibida kletchatka, vitaminlar va minerallar yangi mevalarga qaraganda ko‘proq. Bu sizga zarur bo‘lgan kunlik ozuqa moddalarining ko‘proq foizini olish imkonini beradi. Misol uchun, mayizda magniy, V vitamini bisyor. Qon bosimini, tanadagi yallig‘lanishni kamaytirishda unga bas keladigani yo‘q.

Olxo‘ri tabiiy ich surgi sifatida ishlatilishi mumkin. Tarkibida kaliy, kletchatka, A va K vitaminlari ko‘p.

«U yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida yaxshi. Tarkibida borning yuqori konsentratsiyasi tufayli osteoporozga qarshi kurashda yordam beradi», – deb ta’kidladi diyetolog.

Xurmo tarkibida temir, kletchatka va kaliy ko‘p. Ular yetakchi antioksidantlar bo‘lib, erkin radikallarni zararsizlantirishi mumkin. Ularni oxirgi oylarda homilador ayollar yeyish tavsiya etiladi, chunki xurmo bachadon bo‘yni kengayishiga yordam beradi.

Bargak A va C vitaminlari, kaliy, kletchatkaga boy. Ushbu quritilgan mevani iste’mol qilish orqali A vitamini kunlik ehtiyojining 47 foizini ta’minlash mumkin. Bu, ayniqsa, teri va ko‘zlar uchun foydalidir.

«Ushbu to‘rtta quruq mevada kuchli antioksidantlar hisoblanmish polifenollar bisyor», – dedi ekspert.

Mikityuk iste’mol qilingan quruq mevalar miqdorini nazorat qilishni maslahat berdi, chunki ular nihoyatda kaloriyali.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring