Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CIIE-2023 ko‘rgazmasida O‘zbekistonning meva va quritilgan mevalari tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

CIIE-2023 ko‘rgazmasida O‘zbekistonning meva va quritilgan mevalari tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

East-fruit.com

2023-yilning 5-10 noyabr kunlari Shanxayda keng ko‘lamli tadbir –  Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasi CIIE-2023 bo‘lib o‘tmoqda, unda 154 mamlakat kompaniya va korxonalari, Fortune Global 500 ro‘yxatiga kiritilgan 289 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Ushbu yarmarkaning umumiy maydoni 367 ming kvadrat metrni tashkil etadi, deb xabar beradi East-fruit.com xorijiy OAVga tayanib.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Maxsus pavilonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 62 turdagi yangi, quritilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, yangi usullar yordamida quritilgan 100% organik mahsulotlar namoyish etilmoqda. Uzum, nok, anor, anjir va quritilgan mevalar «O‘zbekiston» paviloniga tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, deb xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Indoneziya, Janubiy Koreya va Xitoyning yirik kompaniyalari bilan yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek, meva sharbatlari va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Natijada 2024-2025-yillarda umumiy qiymati 30 million dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ushbu ko‘rgazmada mahsulotlar va turli xizmatlar yettita asosiy bo‘limda taqdim etilgan: oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, avtomobillar, aqlli sanoat va axborot texnologiyalari, iste’mol tovarlari, tibbiy asbob-uskunalar va sog‘liqni saqlash mahsulotlari, xizmatlar, shuningdek, «Innovatsion inkubator» maxsus sektori.

CIIE-2023 ko‘rgazmasining umumiy maydoni oldingi yarmarkaga qaraganda 30% katta. Bundan tashqari, joriy ko‘rgazmada 400 dan ortiq yangi mahsulot, texnologiya va xizmatlar namoyish etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring