Zoir Mirzayev fuqaroni sarson qilgan mansabdorlarni ishdan oldi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Bo‘ka tumani «Yangibog‘» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati 6 oydan beri o‘rganilmagani uchun bir qator mansabdorlarni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muhokama va o‘rganish davomida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati bilan ishlashda Bo‘ka tumanidagi ayrim mansabdorlar tomonidan mezonlar qo‘pol ravishda buzilgani ma’lum bo‘lgan.
Xususan, bu vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi «Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–373-son Qarori talablariga rioya qilinmagan, auksion orqali olingan yer o‘z vaqtida ajratib berilmagan, sansolarlikka yo‘l qo‘yilgan.
Bo‘ka tumani hokimligining umumiy bo‘limi mudiri o‘zini viloyat hokimining yordamchisi, deb tanishtirgan hamda murojaatchini yolg‘on va’dalar bilan bir necha marta aldab kelgan. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi vaziyatni yumshatish, fuqaroga yordam berish o‘rniga, shu choqqacha aldab kelgan.
Vaziyat bo‘yicha 3 nafar mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 1 nafariga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter