«Yurtin doston etar baxshi» — Dehqonobodda baxshichilik festivali qanday o‘tdi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ijrosini ta’minlash maqsadida Dehqonobod tumanida “Yurtin doston etar baxshi” deb nomlangan davra suhbati hamda festival o‘tkazildi.
Baxshilar eli bo‘lgan Dehqonoboddda bugungi kunda O‘zbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Qodir o‘g‘li,O‘zbekiston xalq baxshilari Shomurod Tog‘ayev, Abdimurod Rahimov, Maxmatmurod Rajabov va Ochil Chorshanbiyev o‘zbek xalq dostonlari, termalarini kuylab kelmoqdalar.
Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavomida bo‘lib o‘tgan festivalda xalq dostonlaridan namunalar, badihago‘ylik yo‘lida termalar, aytishuvlar aytildi.
Festival doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda taniqli baxshi Bahrom Rahimov birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Murodilla Aliqulovga, uchinchi o‘rin esa Sanjar Chubayevga nasib etdi. Diyor Rasulov «eng yaxshi ijrochi» deb topilgan bo‘lsa, Ilhom Rahimov «eng yaxshi cholg‘u ijrochisi» nominatsiyasida g‘olib chiqdi.
G‘olib va sovrindorlar, festival ishtirokchilari Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi direktori Hamidila Shermatov tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter