Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Sobir O‘nar olamdan o‘tdi

Yozuvchi Sobir O‘nar olamdan o‘tdi

Bugun Toshkentda iste’dodli o‘zbek adibi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi.

Sobir O‘nar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986).

Ilk hikoyasi — «Kunsuluvning xatlari». Shundan so‘ng yozuvchining «Orzuga to‘la qishlok» (1989), «Ovloq adirlar bag‘rida» (1990), «Chashma» (1991) hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. «Chambilbelning oydalasi» (2006) asari muallifi. Qorakalpoq adibi X. Tojimurodovning «Ov xangomalari» (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojeasi» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring