Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolib ketish arafasidagi 7 dona itolg‘i qushi tabiatga qo‘yib yuborildi

Yo‘qolib ketish arafasidagi 7 dona itolg‘i qushi tabiatga qo‘yib yuborildi

Joriy yilning 9-sentyabr sanasida davlat ekologiya qo‘mitasi, Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari avvalroq noqonuniy sotilishidan saqlab qolingan 7 dona itolg‘i (Falco cherrug) qushlarini yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.

Ekoqo‘mita xabariga ko‘ra, bu qushlar 9-sentyabr kuni qo‘mita va ichiki ishlar xodimlari tezkor tadbirida noqonuniy savdo qilinayotgan vaqtida olib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, itolg‘i qushi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasi II ilovasiga va Xalkaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (MSOP) Qizil kitobiga kiritilgan.

Ularning soni 1990-yillarda noqonuniy ovlash tufayli keskin kamayib, taxminan 120−150 juftni tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda mamlakat bo‘yicha 70 juft atrofida ekanligi taxmin qilinadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring