Yashirin iqtisodiyot sabab budjet yiliga 30 trln so‘m yo‘qotayotgani aytildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda bugungi kundagi eng dolzarb masalasi bo‘lgan yashirin iqtisodiyot xususida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Tahlillar xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida o‘nlab trillion so‘mlik mahsulot «soya»da qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Bu orqali yalpi ichki mahsulotga 135 trillion so‘m, budjetga 30 trillion so‘m tushum yo‘qotilmoqda.
Masalan, qurilish korxonalarining 41 foizi hisobotida faqat 1 nafar ishchisini ko‘rsatgan. Vaholanki, bu korxonalar o‘tgan yilni o‘zida 4 trillion so‘mlik qurilish ishlarini bajargan.
Yoki kamida 25 gektardan yeri bor 5 mingta meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaligida 1 tadan rasmiy ishchi ro‘yxatdan o‘tgan», – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, «soya»dagi iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyatiga katta to‘siq bo‘layotgani ta’kidlandi.
«Bir narsani aniq tushunish zarur. Yashirin iqtisodiyot, avvalambor, to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga katta to‘siq bo‘layapti.
Bugungi kunda intizomli tadbirkorlar «qani adolatli raqobat» degan haqli e’tirozlarini ko‘p-ko‘p aytayapti», – dedi Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter