Yaqinlarini hibsxonadan chiqarish evaziga pul olgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona va Toshkent viloyatlari boshqarmalari xodimlari tomomnidan jinoyat ishlarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.Q. va M.J. o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.ning ishonchiga kirib, uning tanishi R.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida tergov hibsxonasidan chiqarib, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilishib, evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.N. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning Zangiota tumanidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan otasini 5 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali muddatidan ilgari jazodan ozod qilib berishni va’da qilib, oldindan 35 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter