Yangi yil bayramida Toshkentning bosh archasi qayerga o‘rnatilishi aytildi
Poytaxt hokimligi yangi yil archalari o‘rnatiladigan joylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 27-dekabrdan 8-yanvarga qadar Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi maydon va istirohat bog‘larida Yangi yil tadbirlari, konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.
Asosiy archa «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi old maydonida tashkil qilinib, 28-dekabr – 8-yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.
Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
- Bektemir tumani: Food city majmuasi — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirobod tumani: «Furqat» bog‘i — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘i 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Yangi O‘zbekiston» bog‘i 27-dekabr — 8-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Lokomotiv» bog‘i — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Sergeli tumani: Markaziy xiyobon — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Shayxontohur tumani: «Anhor Lokomotiv» bog‘i — 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Shayxontohur tumani: Tashkent City bog‘i — 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Uchtepa tumani: Seul Eko-bog‘i — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Chilonzor tumani: «G‘ofur G‘ulom» nomidagi bog‘ — 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Chilonzor tumani: Humo Arena muz saroyi old maydoni — 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Chilonzor tumani: Magic city bog‘i — 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Yakkasaroy tumani: Next savdo majmuasi — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Yashnobod tumani: «Aviasozlar» madaniyat saroyining old tomoni — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Yashnobod tumani: «Ashhobod» bog‘i — 27-dekabr — 8-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
- Yangihayot tumani: Index savdo majmuasi — 28-dekabr — 5-yanvar, soat 13:00 — 19:00.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter