Yangi Konstitutsiyani poytaxt aholisiga tushuntirish uchun ming kishilik targ‘ibot guruhi tuziladi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Konstitutsiya loyihasini aholiga to‘laqonli yetkazish va targ‘ibot ishlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun maxsus tag‘ibot guruhi tuzish haqidagi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy tadbirlar «shahar – tuman – mahalla» tizimi asosida keng jamoatchilikka yetkaziladi.
Hokim qarorida mazkur targ‘ibot guruhlari Toshkent shahar, tuman va mahallalarda ma’naviyati yuksak, obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan nuroniy-oqsoqollar, jamoatchilik vakillari, yoshlar, ta’lim, madaniyat, san’at, adabiyot soha vakillari hamda tashkilot rahbarlari orasidan tuziladi.
Ular 21 nafar Toshkent shahar jamoatchilik guruhi vakillari va 3 nafar jamoatchilik guruhi rahbariyatidan iborat bo‘lib, jamoatchilik guruhi vakillarining 19 nafari tumanlarga biriktiriladi.
Toshkent shahri bo‘yicha bunday targ‘ibot guruhlari a’zolari soni esa mahalla va ko‘cha faollaridan tashqari jami 1 ming 80 nafarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter