Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy texnikum va kollejlar ochish tartibi soddalashtirildi

Xususiy texnikum va kollejlar ochish tartibi soddalashtirildi

Joriy yil 19-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat sektorda professional ta’limni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun davlat mulki ob’yektlarini ijaraga olishning eng ko‘p muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi.

Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlarining professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring