Xorijga talaba jo‘natish bo‘yicha O‘zbekiston 3-o‘rinda qayd etildi
YuNESKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga dunyo bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 mln 859,4 ming nafarga yetdi.
Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar soni dunyo bo‘yicha bir yil ichida qariyb 419 ming nafarga ortgan.
Statistika agentligining tegishli manbalariga tayanib xabar berishicha, xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha dastlabki «uchlik»ni – Xitoy (1 mln 52,3 ming nafar), Hindiston (621,6 ming nafar) va O‘zbekiston (150,5 ming nafar) boshlab beradi.
Shuningdek:
- Vetnam – 134,1 ming nafar;
- Germaniya – 126,2 ming nafar;
- AQSh – 115 ming nafar;
- Fransiya – 113,5 ming nafar;
- Suriya Arab Respublikasi – 105 ming nafar;
- Nepal – 95,1 ming nafar;
- Pokiston – 90,6 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter