«Uzbekistan Airways» birinchi «LET L-410» samolyotini kutib oldi
Kecha, 15 iyul kuni «Islom Karimov» nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Chexiyadan birinchi «LET L-410» yengil turbovintli samolyot etib keldi.
«LET L-410» samolyoti zavoddan chiqib, parvoz xususiyatlarini tekshirgandan so‘ng Chexiyaning Kunovitse shahridan Toshkentga qarab havoga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, «Uzbekistan Airways» joriy yilning 15 iyun kuni Chexiyaning LET Aircraft Industries shirkati bilan 4 ta «Let L-410 UVP-E20» turbovintli samolyot sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
19 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyotlar kichik guruh yo‘lovchilarini tashish uchun ichki yo‘nalishlarda reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sotib olinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter