Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors eksport avtomobillari utilizatsiyasiga budjetdan yana «millardlar»ni undirmoqchi

UzAuto Motors eksport avtomobillari utilizatsiyasiga budjetdan yana «millardlar»ni undirmoqchi

2022-yilgi davlat budjeti xarajatlari yana 2 trln so‘mdan ortiqqa oshirilishi mumkin. Bu haqda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev yozmoqda. 

Deputatga ko‘ra, ayni paytda 2022-yil davlat budjetiga o‘zgartirish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, tugayotgan yil uchun davlat budjeti xarajatlariga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi «Vazirlar Mahkamasi tomonidan deputatlar qo‘liga shoshilinch berilgan». 

Qonun loyihasiga ko‘ra, 2022-yil budjetidan: 

  • davlat-xususiy sherikchiligi asosida asosida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining ortib borayotgani hisobiga ushbu yo‘nalishga qo‘shimcha subsidiyalar ajratish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligi 407,1 mlrd so‘mga; 
  • Issiqlik ta’minoti bo‘yicha aholiga past darajali tariflar qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 404,7 mlrd so‘mga; 
  • eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari tomonidan to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imi harajatlariga davlat budjetidan mablag‘ ajratish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 224,5 mlrd so‘mga; 
  • Hududlarda zudlik bilan yechilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida keyinchalik mahalliy budjetlarga qayta taqsimlash (o‘tkazib berish) maqsadida Moliya vazirligiga 1 000,0 mlrd so‘mga oshirish ko‘zda tutilgan.

Kusherbayev, yuqoridagi subsidiyalar haqida yozar ekan, asosiy e’tirozini UzAuto Motors’ga qartadi va kompaniyani davlat budjetiga utilizatsiya yig‘imini to‘lamay kelayotganlikda ayblaydi. 

«Utilizatsiya yig‘imi to‘lanyaptimi-yo‘qmi yashirilayotgan bir vaqtda davlat budjetidan utilizatsiya yig‘imi harajatlariga 224,5 mlrd so‘m ajratish so‘ralishi mantiqsizlik. Katta ehtimol bilan xalqning g‘aznasidagi bu pullar monopolist kompaniyaning hisobiga o‘tkaziladi», – deb yozadi deputat.

Iqtisodchi-bloger Otabek Bakirovga ko‘ra, 2022-yil yanvar-oktyabr oylaridan «7 trln. so‘mdan ortiq yig‘imning budjetga o‘tkazilgani bo‘yicha ma’lumot»ni topib bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil Davlat budjeti tasdiqlanganida kompaniyaga yuqoridagi maqsadlar uchun 100 mlrd so‘m ajratilgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring