Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy-joy va qurilish sohasidagi o‘g‘riliklar tanqid qilindi

Uy-joy va qurilish sohasidagi o‘g‘riliklar tanqid qilindi

Prezident Mirziyoyev bugungi yiig‘ilishda kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Qayd etilishicha, bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma ob’yektini qurish belgilangan.

Lekin soha yoki hudud rahbarlari budjet mablag‘larini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha namuna bo‘ladigan tizim yaratmagani ta’kidlandi.

Qurilishlarga ajratilgan budjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi.

Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi aytildi.

Masalan, bugungi kunda loyiha tashkilotlari ob’yekt qiymatini imkon qadar «shishirishga» harakat qilayotgani qayd etildi. Sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi.

Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda.

Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olindi.

Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda.

Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni «obnal» va «o‘g‘irlik» qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, «yashirin» qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat’iy javobgarligi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring