Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Usmoniylarga tegishli qadimiy tangalar Buxoroda qoladigan bo‘ldi

Usmoniylarga tegishli qadimiy tangalar Buxoroda qoladigan bo‘ldi

Buxoroda O‘zbekiston hududidan qadimiy tangalarni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi qadimiy tangalarni mamlakat hududidan olib chiqishga uringan. O‘zini tutishi bilan bojxona xodimlari nigohiga chap bera olmagan yo‘lovchining qo‘l yuklari xolislar ishtirokida tekshirilgan. Yuklari orasda «40 pora» qiymatdagi qizil metalldan zarb qilingan tangalar borligi aniqlangan.

Bojxona tomonidan tangalarni ekspertiza qilish uchun Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi badiiy ekspertiza bo‘limi xodimlari jalb etilgan. Badiiy ekspertizadan o‘tkazilgan tangalar «40 pora» qiymatdagi qizil misdan zarb qilingani va u Usmoniylar sultoni Sulton Abdulmajid I hukmronligi davriga tegishliligi aniqlangan. O‘rganilishicha, tangalar 1839-yilda Istanbulda zarb qilingan bo‘lgan.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi Nizomiga ko‘ra, tangani Buxoro davlat-muzeyi qo‘riqxonasiga topshirish tavsiya etilgan.

Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring