Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda 33 yoshli fuqaroning uyidan 7 kilodan ortiq «opiy» topildi (video)

Urgutda 33 yoshli fuqaroning uyidan 7 kilodan ortiq «opiy» topildi (video)

Samarqand viloyati Urgut tumanida 8,3 kg. «opiy» giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urgut tumanida yashovchi, 1978 va 1986-yillarda tug‘ilgan opa-singil 911 gr. «opiy» moddasini 12 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ular ushbu ajal og‘usini mazkur tumanda istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxsdan olganliklari aniqlanib, ular ham qo‘lga olindi.

Shuningdek, mazkur 1990-yilda tug‘ilgan shaxslarning yashash xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati vaqtida, ulardan birining uyidan 228 gr. “opiy” va ikkinchisining uyidan esa 7 kg. 187 gr. «opiy» moddasi xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, tezkor tadbir davomida olingan jami 8 kg. 326 gr. «opiy» moddasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur 4 nafar fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring