Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchdagi mayning ferma budjetga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Urganchdagi mayning ferma budjetga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Xorazm viloyatining Urganch tumanida elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib olib, budjetga katta miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan ma’lumotga ko‘ra, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Urganch tumanida  o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi «S.» MChJ rahbari A.A. firma binosida 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulab,  ishlatib kelgan.

Fuqaroning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 61 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xuddi shunday holat Toshkent shahri Olmazor tumanida ham kuzatilgan va unda fuqaro yarim milliard so‘mdan ortiqroq bo‘lgan miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aytilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring