Ukrainaning taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiryapti
Ukrainaning «Uklon» taksi xizmati O‘zbekistonda faoliyatini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanyapti. Agregator mamlakatda bir nechta bo‘sh ish o‘rinlarini ochgan.
Kompaniya o‘z faoliyatini haydovchi (drayver)ning yo‘lovchi (rayder) bilan o‘zaro aloqasi, tovarlarni yetkazib berish va boshqa xizmatlar uchun ilovalarni o‘z ichiga olgan «shahar multituli» (ko‘p funksiyali instrument) deb ta’riflaydi.
Kompaniya Toshkentdagi «Uklon» jamoasiga ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha ish o‘rinlarini e’lon qilgan.
Spot saytining eslatishicha, aprel oyi boshida «Uklon» hammuassisi Sergey Smus mazkur xizmat yaqin orada mintaqaviy bozorlarga chiqishini ma’lum qilib, biroq aniq mamlakatlar nomini aytmagandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi ishga tushirish bosqichi oy oxirigacha amalga oshirilishi kerak.
«Bir necha oy ichida Uklon boshqa mamlakatda ishga tushadi. Bundan tashqari, kompaniya hamkor ishtirokida yil oxirigacha uchinchi bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda», – degan Sergey Smus.
«Uklon» – Ukrainadagi eng yirik onlayn taksi chaqiruvi va yetkazib berish xizmati bo‘lib, kompaniya o‘z faoliyatini 2010-yilda boshlagan va hozirda Ukrainaning 28 ta shahrida o‘z vakolatxonalariga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim ijtimoiy faollar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatib kelayotgan Yandex Go taksi agregatorining javlat ro‘yxatidan o‘tmay faoliyat ko‘rsatib kelayotgani va shu bois e’htimol katta miqdordagi soliqlardan ham qochib kelayotgani tanqid ostiga olingan va bu mavzu Soliq qo‘mitasining munosabati bilan, guyoki yopilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter