Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uchastkavoy»larga ham alkotestr tarqatiladi

«Uchastkavoy»larga ham alkotestr tarqatiladi

IIV muallifligida ishlab chiqilgan hujjat loyihasida eslatilishicha, profilkatika inspektorlari o‘z faoliyatida nazorat ostida bo‘lgan shaxslarga alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlashga, zimmasiga alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik kabi qo‘shimcha taqiqi yuklatilgan ozodligi cheklangan mahkumning ushbu taqiqqa rioya etishini nazorat qilishga hamda ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat etib belgilangan huquqbuzarlikning mast holda sodir etilganligini aniqlashga ma’sul hisoblanadi.

«Shu bois mazkur jarayonlarga alkotester qurilmalarini samarali qo‘llash zarurati mavjud, – deyiladi IIV izohida.

Shu munosabat bilan, mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni aniqlashda zamonaviy va vaqtni tejaydigan qurilmalarni qo‘lashni tashkil etish tartibini takomillashtirish maqsadida Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligiga ikki oy muddatda (mazkur hujjat loyihasi qabul qilinib, kuchga kirganidan so‘ng) alkotester qurilmalarini qo‘llash tartibi, fuqarolar va profilaktika inspektorlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish yuklanyapti.

Shuningdek, 2024-yil yakuniga qadar profilaktika inspektorlari uchun alkotester qurilmalarini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan davlat haridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tender o‘tkazish orqali bosqichma-bosqich harid qilish choralari ko‘riladi.

Bir oy muddatda esa, vazirlik alkotester qurilmalari yordamida mastlikni aniqlash tartibini yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish maqsadida profilaktika inspektorlari malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring