Turkmaniston O‘zbekiston pomidorini bozordan siqib chiqarmoqda – EastFruit
Ayni damda Tojikiston ulgurji bozorlarida Turkmanistondan import qilinadigan issiqxona pomidorining mutlaq ustunligi sezilyapti. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tashqi ko‘rinishi va zamonaviy qadoqlangani, bundan tashqari narx borasida ham qo‘shni davlat pomidorlar raqobatbardosh bo‘lib bormoqda.
«Ushbu omillar sababli turkman pomidori O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan issiqxona mahsulotlarini Tojikiston bozoridan butunlay siqib chiqardi», – deb yozmoqda EastFruit portali.
Shu bilan birga, hozirda iste’mol qilinadigan issiqxona pomidorining asosiy qismini import qiluvchi Tojikistonda ushbu mahsulotning narxi asosiy eksportchisi bo‘lib kelgan O‘zbekistonnikidan ancha past.
O‘z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlarida issiqxona pomidorlari narxi Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi narxlar bilan deyarli bir xil yoki qimmatroq. Xususan, mahsulotining asosiy qismini Turkiyadan import qiluvchi Moldovada pomidorning ulgurji narxi hozir O‘zbekistonnikidan past, Tojikistondagi narxlarga yaqin. Shuningdek, Polshadagi narxlar va O‘zbekistonda issiqxona pomidorlari narxi deyarli teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter