Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Termizga qo‘shimcha aviareys qo‘yildi

Toshkentdan Termizga qo‘shimcha aviareys qo‘yildi

Foto: Xabar.uz

15-noyabrdan Toshkentdan Termizga va ortga qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya qo‘shimcha reys asosida parvoz qiluvchi samolyotlarning jo‘nab ketish, manzilga yetib borish hamda ortga qaytish vaqtlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim qildi. Unga ko‘ra:

Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti: 19:00

Termizga yetib borish vaqti: 20:00

Termizdan jo‘nab ketish vaqti: 21:00

Toshkentga yetib kelish vaqti: 22:00

Aviachiptalarni kompaniyaning rasmiy sayti (www.uzairways.com), mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring