Toshkentdagi ko‘prik to‘sinlarining qulashi ortidan uch mansabdor qamoqqa olindi
Bir muddat avval Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishiga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish ob’yektida uzunligi 42 metrlik 5 dona balkalar qulab tushgani aytilgan edi.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, ushbu holat budjetga 2 mlrd 760 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar mansabdor shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter