Toshkentdagi ko‘cha chiroqlari qayta yoqiladi – Toshshaharnur
Toshkentdagi ko‘cha chiroqlariga kiritilgan cheklovlar bekor qilinadi.
«Toshshaharnur» DUKga ko‘ra, cheklovlar Toshkent shahar hokimligining topshirig‘iga asosan bekor qilinmoqda.
Unga ko‘ra, 2022-yil 13-dekabr soat 17-00 dan Toshkent shahrining markaziy, tuman ahamiyatidagi va mahallalar, mavzelar hamda dahalarining ichki ko‘chalarda elektr energiyasini tejash maqsadida joriy qilingan cheklovlar olinadi.
«Toshkent shahridagi mavjud ko‘cha chiroqlari, illyuminatsiya chiroqlari 100 foiz yoqiladi», – deyiladi unitar korxona xabarida.
Eslatib o‘tamiz bu boradagi cheklov joriy yil 16-noyabrdan boshlangan va bu tadbir natijasida kunlik o‘rtacha 111,1 ming kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilingani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter