«Salimboy» o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
«Salimboy» laqabi bilan tanilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevichga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi.
Avvalroq Salim Abduvaliyevga nisbatan Jinoyat kodeksi 248-modda 1-qismida (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) nazarda tutilgan qilmishni sodir etishda gumonlanib, ushlangandi.
Tergov organlari mazkur ayblovni yana-da og‘irrog‘iga, ya’ni JK 248-moddasi 2-qismiga (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi) o‘zgartirgan. Mazkur moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Salim Abduvaliyevga mazkur ayblov bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter