Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Halol turizm» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkentda «Halol turizm» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

3-noyabr, payshanba kuni Turizm va madaniy meros vazirligi binosida O‘zbekistonning qator shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» doirasida navbatdagi tadbir – «Halol turizm» mavzusidagi konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyaga spiker sifatida singapurlik mutaxassislar – Nur Nazira Jamoliddin va Maryam Muhammadlar taklif qilingan.

Tadbirda vazirlik, Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, sayyohlik firmalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Spikerlar yig‘ilganlarga «Halol turizm»ni tashkil qilish, uning shartlari hamda tartiblari haqida tushunchalar berishdi. Nur Nazira Jamoliddin, jumladan, «Halol turizm»ni rivojlantirish borasida olib borilgan o‘rganish ishlarida musulmon oilalarda 18-24 yoshlar orasidagi o‘smirlarning sayohatga qiziqishi ortayotgani, shuningdek, oilaviy sayohatlarda rejalashtirishni, asosan ayollar rejalashtirishini ta’kidlab, turizmni rivojlantirishda ushbularni inobatga olish, ularga «Halol turizm» va «Halol taomlar» kabi xizmatlar sifatini oshirish zururligini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida konferensiya ishtirokchilari orasida «Halol turizm»ga oid qiziqarli savol-javob tashkil qilinib, g‘oliblar mehmon spikerlar tomonidan rahbatlantirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring