Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda elektrobus va «Nexia-3» o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda elektrobus va «Nexia-3» o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 24 iyul kuni Toshkent shahrining A.Navoiy ko‘chasida elektrobus va «Nexia-3»  ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ Axborot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 24 iyul kuni soat 17:20 atrofida haydovchi A.D. «Yutong» rusumli elektrobus 28-yo‘nalishda Shayxontohur tumani A.Navoiy ko‘chasida maxsus A yo‘lak bo‘ylab boshqarib borayotgan bo‘lgan. Elektrobusning chap tarafida harakatlanib ketayotgan «Nexia-3» rusumli yengil avtomobil yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning 2-qatnov qismidan harakatini keskin o‘ngga burgan va xavfli holatni keltirib chiqargan.

«Nexia-3» avtomobilining ushbu keskin xatti-harakati (manyovr) natijasida bo‘ladigan YTHning oldini olish maqsadida, elektrobus haydovchisi A.D. keskin tormoz olishga majbur bo‘lgan.

Oqibatda elektrobus salonida tik turgan holda ketayotgan yo‘lovchilardan biri yiqilgan va shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda mazkur YTH Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lib, xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring