Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda budjet hisobidan yoki DXSh asosida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

Toshkentda budjet hisobidan yoki DXSh asosida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

Toshkent shahrida unga kirib keluvchi aholini shahar hududida erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratilishini ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishga oid Hukumat qaror loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlanadi.

Mazkur Nizom Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik subyektlariga avtoturargoh profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan sotish tartibini belgilaydi.

Poytaxtda avtoturargohlar qurilishiga yer uchastkalari quyidagi mezonlarga muvofiq tanlanadi:

  • shaharga avtomototransportning asosiy kirib kelish avtomagistrallarga;
  • kun davomida aholi gavjum bo‘ladigan savdo, sport, dam olish va ko‘ngilochar majmualariga hamda oliy ta’lim muassasalariga;
  • aholi uchun ish o‘rinlari ko‘p miqdorda konsentratsiyalashgan ishlab chiqarish ob’yektlariga;
  • aholi uchun chiqib ketishga mo‘ljallangan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar va shahardan tashqaridagi manzillarga eltuvchi taksi turargohlariga yaqin bo‘lishi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan avtoturargohlarni davlat sherigi tomonidan ijaraga berish shaklida amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring