Toshkentda blogerga tajovuz bo‘lgani aytilgandi. IIBB rasmiy munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yutub-bloger Abduqodir Mo‘minovning videomurojaati tarqalib, unda bir nechta noma’lum shaxs unga tan jarohati, avtomashinasiga esa shikast yetkazishganini ma’lum qilgan.
Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 dekabr kuni taxminan soat 22.30 larda fuqaro A.Mo‘minov «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Yashnobod tumanida noma’lum shaxslar uni urib tan jarohati yetkazib, unga tegishli bo‘lgan «Samsung S21 Ultra» rusumli uyali aloqa vositasini olib ketishganini, shuningdek uning avtomashinasiga qattiq jism bilan urib shikast yetkazishganini ma’lum qilgan.
Mazkur xabar asosida voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, barcha zaruriy harayeatlar olib borilgan va xolislar ishtirokida voqea joyidan 5 dona qo‘l barmoq izi va 1 dona beysbol bitasi dalililiy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, fuqaro A.Mo‘minovdan bir dona fleshkadagi videoyozuvlar tekshirib ko‘rish uchun protsessual tartibida olingan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi («Bosqinchilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Toshket shahar IIBB rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra, ushbu jinoyatni fosh etish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilib, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan barcha zarur tergov va tezkor-qidiruv harakatlari o‘teazilmoqda, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter