Toshkentda bankomatni «tozalab» kelgan bank xodimlari ushlandi
Toshkent shahri Mirobod tumanida bankomatlardan qaytgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, «Turonbank» ATBning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu bank xizmatlari markazi kassa amaliyotlari bo‘limi kassiri J.D. va boshqa mas’ul shaxslari bank xizmatlari markaziga qarashli 10 dona bankomatdan qaytgan mablag‘larni tegishli tartibda kirim qilmasdan, soxta ma’lumotlar tuzish orqali katta miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilib kelganliklari aniqlangan.
Qayd etilishicha, yetkazilgan jami zarar 347,5 mln so‘m va 7 600 AQSh dollarini tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter