Toshkentda avtobuslar harakatini kuzatuvchi nazoratchilar paydo bo‘ldi
Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish hamda avtobus haydovchilarining belgilangan tartib asosida faoliyat yuritishini nazorat qilish maqsadida, «Toshshahartransxizmat» AJning 8 ta avtobus saroyi filialida «Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi» tashkil etilgan.
Korxona axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bugun harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga o‘z xizmat faoliyatini tezkor va xavfsiz olib borishi, avtobuslar harakatini nazorat qilishi hamda jamoat transporti harakatiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rishlari uchun maxsus mayoqchali xizmat avtomashinalari topshirildi. Shuningdek, nazoratchilar nur qaytaruvchi nimcha, favqulodda holatni anglatuvchi belgi hamda jezl (tayoqcha) bilan ta’minlandi.
Ta’kidlanishicha, mazkur avtomashinada xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faqatgina avtobuslar harakatini nazorat qilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter