Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus haydovchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi janjal yuz berdi

Toshkentda avtobus haydovchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus haydovchisi va yo‘lovchi o‘rtasida janjal yuz bergani aks yetgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 25 sentyabr kuni soat 19:59 da 93-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi A.G‘ boshqaruvida Yunusobod 9-dahasidan «Food city» savdo markazi tomon harakatlanib ketayotgan «King Long» rusumli davlat raqami 01| 827 LKA bo‘lgan avtobus salonidagi yo‘lovchi, haydovchi tomonidan belgilanmagan joyda avtobusni to‘xtatmasligi to‘g‘risida ma’lumot berilganidan so‘ng, yo‘lovchi tomonidan haydovchiga haqoratli so‘zlar gapirilib, avtobusni boshqaruviga xalaqit berilgan.

Tortishuv natijalariga ko‘ra, yo‘lovchi va unga hamrohlik qilayotgan ayol yo‘lovchi avtobusdan tushib, uning old tomoniga turib olib 15 daqiqa davomida harakatlanishiga to‘sqinlik qilgani ma’lum bo‘lgan.

«Toshshahartransxizmat» AJning ta’kidlashicha, mazkur holat avtobus saloniga o‘rnatilgan videokuzatuv vositalarida qayd etilgan holat asosida o‘rganib chiqilgan.

Hozirda voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring