Toshkentda avtobus haydovchilari maoshi qanchaga oshayotgani aytildi
![Toshkentda avtobus haydovchilari maoshi qanchaga oshayotgani aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1684525804.jpg)
Joriy yil 13-dekabr kuni Prezident Mirziyoyev «Toshshahartransxizmat» AJ tizimidagi 18-avtobus saroyida bo‘lgan va u yerda poytaxt ko‘chalarida qatnovlar tezkorligi va xizmat sifatini ta’minlash, haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
«Toshshahartransxizmat» Prezidentning yuqoridagi topshirig‘i bilan jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshi 2 barobarga oshayotganini ma’lum qildi.
«Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan avtobus haydovchilari joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5-6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishadi», – deyiladi aksiyadorlik jamiyati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter