Toshkent viloyatida sinfdoshlariga taqiqlangan qo‘shiq – nashid jo‘natgan yigit 3 yilga «kesildi»
Joriy yil 8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani sudining tegishli hukmi bilan Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti talabasi 21 yoshli J.U. 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
J.U. mazkur jinoyat ishi doirasida joriy yilning mart oyi boshlarida hibsga olingan edi. U 10-15 nafar sinfdoshi bo‘lgan Telegram messenjeridagi guruhga arab tilidagi taqiqlangan nashid – «terroristik ruhdagi qo‘shiq»ni ulashishda ayblangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter