Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi

Joriy yil 26-aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY-273 reysi samolyoti bortida chaqaloq tug‘ildi.

Uzbekistan Airways axborot xizmatining ma’lum qilishicha, chaqaloq samolyot Istanbulga yaqinlashayotganda tug‘ilgan.

Xabarda aytilishicha, chaqaloqning onasi – 1996-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik Sitora A., birdan o‘zini yomon his qila boshlagan va styuardessani chaqirgan. Styuardessalar esa samolyotda vrach bo‘lsa, ayolga yordam ko‘rsatishni iltimos qilishgan.

Oradan ko‘p o‘tmasdan yo‘lovchi ayol homiladorligining 28-haftasida chaqaloqni dunyoga keltirgan.

«Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngach, bortga Istanbul xalqaro aeroportining tibbiy personali ko‘tarildi. Ona va chaqaloq kasalxonaga yotqizildi, ularning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda», – deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Uzbekistan Airways chaqaloqning tug‘ilishiga ko‘maklashgan yo‘lovchilarga minnatdorlik bildirdi va ularga esdalik sovg‘alari berilishini ma’lum qildi. Aytilishicha, chaqaloq «Butunjahon uchuvchilar kuni»da tug‘ilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring